11 oktyabr kunitantanali ochilish marosimi bo`lib o`tgan Evropa kinosi festivali davom etmoqda.
Toshkentda filmlar namoyishi18 oktyabrga qadar, Nukusda 24-26 oktyabr kunlari, Urganchda 1 dan 3 noyabrgacha, Jizzaxda 8 dan 10 noyabrgacha bo`lib o`tadi.
10 noyabrga qadar davom etadigan kinofestivalda Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Italiya, Latviya, Gollandiya, Finlyandiya, Fransiya va Shvesiyaning taniqli rejissyorlari yaratgan filmlar festival mehmonlari va ishtirokchilari e`tiboriga havola etiladi.
Tomoshabinlar turli janrlar va yo`nalishlarda yaratilgan “Belgiyaliklar qiroli” komik dramasi, “Luiza qishda” animasion filmi, “Stefan Sveyg: Evropa bilan vidolashuv”, “Itlar olisdan hurganda” nomli to`liq metrajli filmlarni, hatto birota ham inson rol o`ynamagan olingan Homo sapiens filmini ko`rishlari mumkin.