AsosiySport

Luis Enrike Messining mashg`ulotlarga tashrif buyurmaganidan g`azabda

Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa hujumchisi Lionel Messining jamoaning bugungi ochiq mashg`ulotiga kelmaganidan g`azabga tushgan.

Ma`lumotlarga qaraganda, Messi biroz betob bo`lib qolgani tufayli mashg`ulotlarga tashrif buyurmagan. Ammo, argentinalik futbolchi klub vrachlariga sog`lig`i tufayli murojaat qilmagan. Luis Enrike bugungi mashg`ulotlarga kelmagani uchun Messidan qattiq ranjigan va buni futbolchining yaqinlariga aytishga ulgurgan.

Eslatib o`tamiz, "Barselona" kecha "Real Sosedad" klubiga mag`lubiyatga uchragan va Messi uchrashuvni zaxira o`rindig`ida boshlagan edi. Ushbu uchrashuv yakuniga etgach futbolchi va murabbiy o`rtasida biroz ziddiyatli vaziyat yuzaga kelgani haqida xabarlar paydo bo`lgan.

Manba: stadion.uz

    Boshqa yangiliklar