AsosiySport

Tennis. Denis Istomin “Qatar Exxonmobil Open 2015” xalqaro turnirida

O`zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Qatar poytaxti Doha shahrida boshlanadigan “Qatar Exxonmobil Open 2015” xalqaro turnirning asosiy to`ridan bahslarga kirishadi, deya xabar beradi O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati rasmiy sayti.

Mukofot jamg`armasi 1. 221.320 AQSh dollarini tashkil qilgan mazkur nufuzli musobaqaning birinchi davrasida hamyurtimiz turnirda uchinchi raqam ostida saralangan chexiyalik tajribali tennischi Tomash Berdixga qarshi kortga chiqadi. 

Doha turnirida, shuningdek, Novak Jokovich, Rafael Nadal, David Ferrer singari dunyo reytingining kuchli o`ntaligidan o`rin egallagan tennischilar ham g`oliblik uchun bahs yuritadilar.

    Boshqa yangiliklar