JSST Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusining tarqalishi ancha sekinlashayotganini ma`lum qildi. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar qildi.
Tashkilot ma`lumotlariga ko`ra, ayni damda virus mamlakatning shimoli-sharqiy qismida Mobasa, Komanda, Oycha va Mandima shaharlari oralig`ida tarqalmoqda. O`tgan hafta davomida mazkur virus bilan kasallanish bo`yicha 14 ta holat qayd etildi.
Sentyabr oyi o`rtalarida esa 50 ta holat qayd etilgan edi. Aprelda esa bu ko`rsatkich 130 tani tashkil etgandi. Hozirga qadar bu hududlarda 236 ming nafar kishini virusga qarshi emlashga muvaffaq bo`lindi.
Eslatib o`tamiz, mamlakatda epidemiya o`tgan yili iyul oyidan boshlangan edi. Hozirga qadar 3200 dan ortiq kishida kasallik aniqlangan bo`lib, 2144 nafar kishi vafot etgan.