1

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlariida «Xizb ut-Taxrir» a`zolarining jinoiy faoliyatiga chek quyildi

Jinoyat 16.10.2019, 17:18
Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlariida «Xizb ut-Taxrir» a`zolarining jinoiy faoliyatiga chek quyildi

2019 yilning 16 oktyabr kuni Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlariida istiqomat qiluvchi O`zbekiston Respublikasi hududida faoliyati ta`qiqlangan «Xizb ut-Taxrir» diniy-ekstremistik tashkilotining bir guruh a`zolari jinoiy faoliyatiga chek qo`yildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Mavjud ma`ulomotlarga ko`ra, ushbu shaxslarning aksariyati muqaddam «Xizb ut-Taxrir» diniy-ekstremistik tashkilotiga a`zo bo`lganliklari uchun jazo muddatini o`tab chiqqan bo`lib, mamlakatimiz hukumati tomonidan ularga ko`rsatilayotgan ijtimoiy, huquqiy va ma`naviy ko`makka qaramasdan jinoiy til biriktirib aholi orasida noqonuniy targ`ibot olib borib, «Xizb ut-Taxrir» DET g`oyalarini tarqatganlar hamda shu yo`l bilan saflarini kengaytirishga qaratilgan g`ayriqonuniy hatti-harakatlarni sodir etganlar. Shuningdek, ular ekstremistik g`oyalaridan voz kechgan, muqaddam jazo muddatini o`tab chiqqan hamyurtlarimizni ham qayta jinoyat sodir etish yo`liga chorlaganlar.

Hibsga olingan shaxslarning yashash manzillarida ekstremistik mazmundagi adabiyotlar mavjudligi aniqlangan va ular prosessual tartibda rasmiylashtirib olib qo`yilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov-surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Ma`lumot uchun, «Xizb ut-Taxrir» diniy ekstremistik tashkiloti 1953 yilda Falastin davlatida Taqiyuddin Nabixoniy tomonidan asos solingan bo`lib, maqsadi - dastlab musulmon mamlakatlarida, keyinchalik esa butun dunyoda yagona Xalifalik davlatini o`rnatishdan iborat.

Bugungi kunda ushbu tashkilotning faoliyati Rossiya Federasiyasi, Germaniya, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston Respublikalari va yana bir qator mamlakatlar hududida ta`qiqlangan.

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabrdagi qarori bilan «Xizb ut-Taxrir» diniy ekstremistik tashkiloti faoliyati O`zbekiston Respublikasi hududida ta`qiqlangan tashkilotlar ro`yxatiga kiritilgan.

Fuqarolarimiz, ayniqsa yoshlarimizni ogohlantirib, bu kabi qonun buzilishlariga yo`l qo`ymaslik maqsadida buzg`unchi g`oyalar ta`siriga tushib, ijtimoiy tarmoqlarning shubhali saytlaridagi da`vatlarga aldanib qolmasliklarini, jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallardan foydalanmasliklari, saqlamasliklari va tarqatmasliklarini so`raymiz.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Minjust.uz” nomli veb saytida ekstremistik va terroristik tashkilotlar haqidagi ma`lumotlar e`lon qilib borilayotganligini ma`lum qilamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1