AsosiySiyosat

Senat Raisi Tanzila Narbaeva Fransiya Elchisi bilan uchrashdi

'Senat Raisi Tanzila Narbaeva Fransiya Elchisi bilan uchrashdi'ning rasmi

Joriy yil 17 oktyabr kuni Senatda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva Fransiyaning O`zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Izabel Servoz-Galluchchi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati.

Tomonlar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil oktyabr oyida Fransiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi mamlakatlarimiz munosabatlarida yangi sahifa ochganini ta`kidladilar.

Suhbat chog`ida ikki davlat o`rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish, shu jumladan parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva Fransiya parlamenti Senati Raisi Jerar Larshe O`zbekistonga tashrif buyurishi taklifini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar