1

Haj ziyoratiga borgan 36 kishi mudhish YTHda vafot etdi

Dunyo 18.10.2019, 12:07
Haj ziyoratiga borgan 36 kishi mudhish YTHda vafot etdi

Saudiya Arabistoniga tashrif buyurgan ziyoratchilar yo`l-transport hodisasi natijasida halok bo`ldi. 

Mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligining  xabariga ko`ra, 2019-yil 16 oktyabr kuni kuchli halokat natijasida Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatidan kelgan 36 nafar ziyoratchi hayotdan ko`z yumgan. Biroq, polisiya hozircha 35 kishining o`limini tasdiqlagan.

“Ar-Riyod” nashrining ma`lumotiga qaraganda, YTH Makka va Madina shaharlari oralig`ida sodir bo`lgan. Kichik Haj – Umra ziyoratiga ketayotgan  ziyoratchilar avtobusi  yuk avtomobili bilan to`qnashgan. Kuchli to`qnashuvdan so`ng avtobus yonib ketgan.  Aytilishicha, avtobusda jami 40 kishi bo`lgan. 4 nafar jabrlanuvchi shifoxonaga olib  borilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1