O`zbekiston RespublikasiOliy sudi rasmiy vakiliAziz Obidovning xabariga ko`ra,2019 yilning to`qqiz oyi mobaynida ma`muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 12 159 ta ish ko`rib chiqildi. Buning natijasida 8 444 ta fuqaro va yuridik shaxslarning huquqlari tiklandi.
Shuningdek, ma`muriy sudlar tomonidan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksida ko`zda tutilgan huquqbuzarliklar bo`yicha 344 198 nafar shaxsga nisbatan 276 461 ta ish ko`rib chiqildi. Jumladan 209 453 nafar shaxsga nisbatan jarima, maxsus huquqdan mahrum etish, ma`muriy qamoqqa olish va O`zbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborish kabi ma`muriy jazolar qo`llanildi.
Tahlillarga ko`ra, ma`muriy sudlar tomonidan ko`rilgan ishlarning aksariyatini avtomobil transportida yo`lovchilar tashish faoliyati bilan lisenziyasiz shug`ullanish, soliq solinadigan ob`ektlarning hisobini olib bormaslik yoki kassa operasiyalarini yuritish tartibini, shuningdek to`lov intizomini buzish, haqorat qilish, mayda bezorilik, transport vositalarini mast holda boshqarish, engil tan jarohati etkazish, oz miqdorda talon-toroj qilish, yo`l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo`lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi, ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik va transport vositalari haydovchilarining yo`l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga engil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar etkazilishiga olib kelishi bilan bog`liq huquqbuzarliklar tashkil etadi.
Xususan, ma`muriy sudlar tomonidan transport vositalarini mast holda boshqarish hamda transport vositalari haydovchilarining va yo`l harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o`tishdan bo`yin tovlashi bilan bog`liq huquqbuzarliklar bo`yicha 23 407 nafar shaxsga nisbatan 23 032 ta ish ko`rib tamomlangan. Shundan 22 742 nafar shaxsga nisbatan jarima, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish va ma`muriy qamoqqa olish kabi ma`muriy jazolar qo`llanildi.
Transport vositalari haydovchilarining yo`l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga engil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar etkazilishiga olib kelishi bilan bog`liq huquqbuzarliklar bo`yicha 16 425 nafar shaxsga nisbatan 16 056 ta ish ko`rib tamomlangan. Shundan 14 393 nafar shaxsga nisbatan jarima jazosi qo`llanildi, 691 nafar shaxs esa transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilindi.
Ma`muriy sudlar tomonidan 170 980 ta ish, ya`ni barcha ishlarning 57,2 foizi sayyor sud majlislarida ko`rib chiqildi.
Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Ma`muriy ishlar bo`yicha sudlov hay`ati tomonidan nazorat tartibida 2 657 ta shikoyat va protestlar ko`rib chiqildi, shundan 513 tasi ish materiallari asosida o`rganilib, quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlarning 275 tasi bekor qilindi va 41 tasi o`zgartirildi. qH�






