Bugun va yaqin dam olish kunlarida O`zbekistonda bizning O`rta Osiyo oltin kuzi uchun xos bo`lgan ob-havo sharoitlari saqlanib turadi.
Shu kunlarda mamlakatimiz aholisini avvalgidek quyoshli ob-havo kutmoqda. Tungi va tonggi soatlarda havoda kuzgi salqin – 5-10 daraja iliq bo`ladi, kunduzi esa havo 20-25 darajagacha iliydi. Bunday harorat oktyabrning ikkinchi o`n kunligi uchun xos bo`lgan o`rtacha ko`p yillik qiymatlardan bir oz yuqori.






