Umra ziyoratini amalga oshirayotgan ziyoratchilar YTHga uchradi (Video)

Dunyo 18.10.2019, 16:52
Teglar: Video
Umra ziyoratini amalga oshirayotgan ziyoratchilar YTHga uchradi (Video)

Saudiya Arabistonida 39 nafar ziyoratchini olib ketayotgan avtobus ishtirokida yirik yo`l transport hodisasi ro`y berdi.

Mamlakat OAV xabarlariga ko`ra, avtobus yuk avtomobili bilan to`qnashib ketishi ortidan yonib ketgan. Avtohalokat Madina ma`muriy okurugidagi al-Axal qishlog`i hududida ro`y bergan. Hodisa oqibatida 35 kishi halok bo`lgan, yana 4 nafari esa jarohatlangan. Ma`lumotlarga ko`ra, avtobus Umra ziyoratini amalga oshirayotgan arab va Osiyo mamlakatlari fuqarolarini olib ketayotgan bo`lgan. 

Jarohatlanganlarning barchasi Al-Xamna shifoxonasiga etkazilgan. Madina gubernatori shahzodasi Feysal bin Salmon bin Abdul Aziz avtohalokat oqibatida halok bo`lganlarning oila a`zolariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarga barcha zaruriy tibbiy xizmat ko`rsatilishi yuzasidan topshiriq berdi. Hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. 

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1