AsosiyJamiyat

Xorazmdan chiqqan Ahmadboy

'Xorazmdan chiqqan Ahmadboy'ning rasmi

Sentyabr oyida bir hamyurtimizni Xalq bankining “Sharqona lotto” lotereyasidan 2,5 milliard so`mlik jekpotni yutib olgani shov-shuv bo`lib ketgandi. Hatto birdan ushbu pulga sheriklar ham chiqib ulgurgandi. Bu inson xorazmlik Ahmadjon Jumaniyozov.

Aniq.uz bu omadli inson bilan bog`lanib, haqiqatdan shu pullarni olgani, necha kishi o`ynagani, "zapravka"da ishlagani, kelajakdagi rejalari bilan qiziqdi. Ahmadboyning aytishicha, ular lotereyani 3 kishi pul to`plab o`ynashgan. 

— Yutuq pulini Xalq banki 100 foiz to`lab berdi. Biz 3 kishi bo`lishib oldik. O`zbek bolam deydi-ku, endi farzandlarga uy-joy qilamiz, — dedi Ahmadjon Jumaniyozov.

Yutuq sohibining aytishicha, u haliyam "zapravka"da ishlamoqda va ishidan ketmoqchi emas. "Menga ishim yoqadi, boshqa ish kerakmas, boshimni qotirib, nima qilaman", deydi u.

 

    Boshqa yangiliklar