2019 yil 16 oktyabr kuni Ozodlik radiosining “@sizdantelegram” kanalida “CURXONDARYo – “Mahalla raisi bola puli so`rab murojaat qilgan ayoldan GAIdan ma`lumotnoma keltirishni talab qildi” nomli xabari e`lon qilingan edi.
Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo ichki ishlar boshqarmasining xabar berishicha, Termiz tumanida yashovchi F.Shaymanova ma`lumotnoma so`rab viloyat IIB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasiga murojaat qilmagan, deya xabar beradi IIV Axborot xizmati.
Vaholanki, viloyat IIB YHXB xodimlari shu kunga qadar ma`lumotnoma so`rab murojaat qilgan barcha fuqarolarning talablariga o`z vaqtida javob qaytargan.






