AsosiyJamiyat

O`zbekiston Green Card lotereyasi uchun ariza topshirganlar soni bo`yicha dunyoda ikkinchi o`rinda

'O`zbekiston Green Card lotereyasi uchun ariza topshirganlar soni bo`yicha dunyoda ikkinchi o`rinda'ning rasmi

2018 yilda O`zbekistondan 2 114 446 kishi Green Card lotereyasini o`ynash uchun ariza topshirgani ma`lum bo`ldi. Bu ko`rsatkich dunyo bo`yicha Green Card o`ynaganlarning 9 foizini tashkil etdi, deya xabar berdi AQSh Davlat departamenti xabar berdi.

Boshqa davlat fuqarolariga AQShda yashash imkoniyatini beruvchi lotereya o`yiniga ariza topshirganlar soni bo`yicha O`zbekiston ikkinchi o`rinni egallagan, undan oldida esa Afrikaning Gana davlati turibdi. 29 millionli Gana aholisining 2 227 530 nafari Green Card o`ynagan.

Green Card lotereyasi uchun anketa to`ldirganlar soni milliondan oshgan davlatlar orasidan Eron (1 624 204), Ukraina (1 450 487), Misr (1 274 751), Nepal (1 187 350), Efiopiya (1 056 532) va Serra-Leone (1 011 725) o`rin olgan, deb yozadi "Daryo" nashri.

2018 yili Green Card dasturi uchun butun dunyodan jami 23 088 613 kishi ariza topshirgan.

Eslatib o`tamiz, mazkur lotereyada o`ynash uchun O`zbekistondan 2016 yili 1 488 984 kishi, 2017 yili 1 576 179 kishi ariza topshirgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar