Bosh prokuratura tomonidan fuqaro T.Jamolovning uy-joy qurish uchun er maydoni ajratilishida amaliy yordam berishni so`rab, Bosh prokuror o`rinbosarining sayyor qabulida qilgan murojaati ko`rib chiqildi.
Muallif o`z murojaatida, otasini 4 sotixli hovlisida ukasining oilasi bilan birga yashab kelayotganligini, o`ziga turar-joy qurish uchun Shahrisabz tumani, Hisorak MFY, Yakkaxona qishlog`idagi tog` yon bag`rida joylashgan "Dashti B" fermer xujaligi foydalanuvidagi ortiqcha er maydonini "E-ijro auksion" savdosiga qo`yilishida amaliy yordam berishni so`ragan.
Murojaatni ko`rib chiqishda, Yakkaxona qishlog`ida haqiqatan ham aholiga uy-joy qurish uchun qulay tekis maydoni mavjud emasligi, aksariyat turar-joylar ham tog` yon bag`rida qurilganligi ma`lum bo`ldi.
Prokuratura aralashuvi bilan Yakkaxona hududidan uy-joy qurish uchun 0,40 ga er maydoni "E-ijro auksion" savdosiga qo`yish haqida tuman hokimining qarori qabul qilinishi ta`minlandi va muallifning murojaati qanoatlantirildi.
Ma`lum qilinishicha, bu boradagi ishlar davom etmoqda.






