Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operasiyalarini amalga oshirish tartibi to`g`risidagi nizomga (http://lex.uz/docs/3802250) o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi (ro`yxat raqami 3029-3, 17.10.2019 y.).
Ma`lum qilinishicha, kiritilgan o`zgartirishlarga muvofiq, endilikda valyuta ayirboshlash shoxobchalari tomonidan rezident jismoniy shaxslarga ekvivalenti 100 AQSh dollari va ungacha bo`lgan miqdordagi naqd chet el valyutasini sotishda ulardan pasport talab etilmaydi.
Hozirga qadar miqdoridan qat`i nazar naqd chet el valyutasini sotishda pasport talab qilingan.
Ma`lumot uchun, rezident bu - O`zbekistonda davlat ro`yxatidan o`tgan yuridik shaxs hamda O`zbekistonda doimiy yashab turgan yoki joriy soliq davrida yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi 12 oylik davr ichida jami 183 kun va undan ortiq muddat O`zbekistonda turgan jismoniy shaxs hisoblanadi.