Bokschilarimiz Osiyo chempionatida birinchi o`rinni olishdi

Sport 19.10.2019, 17:13
Bokschilarimiz Osiyo chempionatida birinchi o`rinni olishdi

Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida boks bo`yicha o`smirlar o`rtasida o`tkazilgan Osiyo chempionatida terma jamoamiz 8 oltin, 3 kumush va 9 bronza, jami 20 medalni qo`lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi pog`onadan joy oldi.

Ma`lum qilinishicha, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida muzaffar bokschilarimizni davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sportchilar, olimpiadachilarning ota-onalari, jurnalistlar tantanali kutib oldi.

Musobaqaning qizlar o`rtasidagi final bosqichida Sabina Boboqulova, Feruza Kazakova, Nigina O`ktamova, Aziza Zokirova barcha raqiblarini mag`lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog`onasidan joy oldi. O`g`il bolalar o`rtasida Azizbek Tojiev, Login Petrov, Nusratbek Tohirov, Jahongir Zokirov Osiyo chempioniga aylandi.

Finalga qadar o`tgan janglarda g`alaba qozongan Bilolbek Ixvolov, Bekzod Bekmurodov va Mohira Ahmedova kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, Iqboljon Qudratov, Asrorbek Shahobiddinov, Anvar Boltaboev, G`ofurjon Tohirov, Jahonmurod Imomaliev, A`loxon Abdullaev, Mohlaroyim Savriddinova, Ruhshona O`ktamova hamda Shahnoza Ergasheva o`z vazn toifalarida bronza medalini qo`lga kiritdi.

Musobaqa tashkilotchilari tomonidan Osiyo chempionatining eng yaxshi bokschisi, deb 48 kilogrammgacha vaznda mamlakatimiz sha`nini munosib himoya qilgan Sabina Boboqulova topildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1