AsosiyDunyo

AirAsia samolet qurbonlari oilalariga 100 ming dollardan to`laydi

AirAsia kompaniyasiga tegishli samolet falokati vaqtida halok bo`lganlarning oilalari 100 ming dollardan pul oladi, deya ma`lum qildi kompaniya prezident-direktori Sunu Vidyatmoko (Sunu Widyatmoko). Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. Bunday mablag`ning to`lanishiga ularni Indoneziya hukumati majbur qilgan.

Avvalroq, qurbon bo`lganlarning yaqinlari 24 ming dollardan oladi deb xabar qilingan edi.

7 yanvar kuni Yavan dengizidan samoletning orqa qismiga tegishli bo`laklar opilgandi. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

AirAsia kompaniyasining Airbus A320-200 samoleti Indoneziyaning Surabay hududidan Singapurga reysni amalga oshirayotgan vaqtda 28 dekabr kuni falokatga uchragan edi. Parvoz vaqtida jami 155 yo`lovchi va 8 ekipaj a`zosi bo`lgan. Qidiruv ishlari vaqtida 39 kishining jasadi topilgan. Falokatning asosiy sababi sifatida balandlikning birdan ko`tarilib ketishi ko`rsatilmoqda.

    Boshqa yangiliklar