1

Qozog`istonda er munosabatlarida 300 dan ortiq korrupsiya qayd etildi

Dunyo 20.10.2019, 16:51
Qozog`istonda er munosabatlarida 300 dan ortiq korrupsiya qayd etildi

So`nggi 3 yil ichida Qozog`istonda er munosabatlari sohasida 300 dan ortiq korrupsiya holatlari qayd etilgan. 105 kishi javobgarlikka tortildi, 87 kishi esa sudlangan.

Xabarga ko`ra, ko`p hollarda jinoyatlar er munosabatlari va arxitektura bo`limlari xodimlari, shuningdek qishloq tumanlaridagi hokimlar tomonidan sodir etilgan.

Jinoyatlar asosan, erni berish, hujjatlarni rasmiylashtirish, erdan maqsadli foydalanishni noqonuniy o`zgartirish, er ijarasi huquqini uzaytirish, er sotish auksionida g`olib deb topish va shu kabi er bilan bog`liq boshqa holatlarda firibgarlik, mansab vakolatlarini suiste`mol qilish va poraxo`rlik holatlari bilan bog`liq. 

"Transparenci Kazaxstan" tashkiloti tomonidan bu yil o`tkazilgan ijtimoiy so`rov natijalariga ko`ra, er uchastkasini olish, ro`yxatdan o`tkazish korrupsiyaning eng yuqori beshtalik ro`yxat qatoriga kiritilgan

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1