AsosiyDunyo

Italiyada ishsizlik rekord natijaga etdi

Italiyada ishsizlik darajasi 13.4 foizga ko`tarilib, mamlakat tarixidagi eng rekord ko`rsatkichni qayd etdi. Bu haqidagi ma`lumot Italiya statistika milliy instituti (ISTAT) saytida e`lon qilingan. Bundan avvalgi rekord 1977 yili qayd etilgan edi.

ISTAT ma`lumotiga ko`ra, o`tgan yilning noyabr oyida Italiyada 22 million 310 ming kishi ish bilan ta`minlangani ro`yxatga olingan bo`lib, bu oktyabr oyiga qaraganda 0.2 foizga kamroq edi. Italiyalik ishsizlar soni esa 3 million 457 ming kishini tashkil etib, o`tgan yilning oktyabr oyiga qaraganda 1.2 foizga ko`proqdir.

Ishsizlik 15-24 yoshdagi yoshlar orasida juda tez o`sib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar