AsosiyJamiyat

Sankt-Peturburgda sotuvchi qizni zo`rlagan o`zbekistonlik qo`lga olindi

'Sankt-Peturburgda sotuvchi qizni zo`rlagan o`zbekistonlik qo`lga olindi'ning rasmi

Sankt-Peterburgning Kirov tumanida polisiya 27 yoshli do`kon xodimasini zo`rlagan shaxsni qo`lga oldi. Bu haqda “Argumenti i fakti”ga asoslanib xabar berilmoqda.   
Jinoyat 18-oktyabrga o`tar kechasi sodir etilgan. Zo`ravon Aleksandrino bog`i hududida qizning yo`lini to`sgan. Voqea qiz tungi soat taxminan 01:00 da uyiga ketayotganida sodir bo`lgan.
Polisiya voqea ro`y bergan kunning ertasiga videokuzatuv kameralari yordamida jinoyatchining shaxsini aniqlashga muvaffaq bo`lgan. Bu payt u boshqa kvartirada yashirinishga ulgurgan o`zbekistonlik 21 yashar yigit bo`lib chiqqan.
Mavzuga doir: Sankt-Peterburglik ayolni zo`rlaganlikda gumonlanib ikki o`zbekistonlik qo`lga olindi
U ikki sutkaga hibsga olingan va jinoiy ish qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar