1

UzAuto Motors 4 ta avtomobilga avtokredit ochilgani haqida ma`lum qildi

Jamiyat 20.10.2019, 22:13
UzAuto Motors 4 ta avtomobilga avtokredit ochilgani haqida ma`lum qildi

UzAuto Motors kompaniyasi «InfinBANK» ATB bilan hamkorlikda COBALT (4 dar. A/T), LACETTI, TRACKER, MALIBU modellariga avtokredit berilayotgani haqida ma`lumot berdi.

Kredit shartlariga ko`ra, avtomobilning boshlang`ich to`lovi 25% tashkil qiladi. Kredit 36 oy muddatga yillik 23,99% ustama asosida beriladi.

Kredit olish uchun qarz oluvchining pasporti, kredit taqdim etilishi haqidagi ariza, oylik maoshi haqida ma`lumotnoma hamda avtomobil olish uchun shartnoma zarur bo`ladi.

Aksiya 31 oktyabrga qadar davom etadi. Kompaniya shartnomalar soni chegaralanganligini qayd etgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1