1

Ravshan Ermatov 2014 yilning TOP-10 hakamlari ro`yxatiga kiritildi

Sport 07.01.2015, 17:08
Ravshan Ermatov 2014 yilning TOP-10 hakamlari ro`yxatiga kiritildi

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi (IFFHS) 2014 yilning eng yaxshi referisini e`lon qildi. Unga ko`ra, italiyalik FIFA referisi Nikola Rissoli o`tgan yilning eng yaxshi hakami deb topildi.

Rissoli 131 ball to`plashga muvaffaq bo`ldi. Kuchli uchlikdan angliyalik Xovard Uebb (78) hamda germaniyalik Feliks Brix (61) joy olishdi.

Hamyurtimiz Ravshan Ermatov 37 ball bilan kuchli beshlikka yakun yasadi. Ermatov JCh-2014da 4 ta uchrashuvda hakamlik qilib, umumiy 9 ta uchrashuv bilan jahon chempionatlari rekordini yangilagan edi. 

Shuningdek, 2014 yilning eng yaxshi referilari ro`yxatidan Pedru Proensa (Portugaliya, 34 ball), Karlos Velasko Karbalo (Ispaniya, 16 ball), Juneyt Chaqir (Turkiya, 13 ball), Marko Rodriges Moreno (Meksika, 13 ball) hamda Nestor Pitana (Argentina, 7 ball) o`rin oldi.

Manba va foto: olamsport.com

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1