1989 yil 21 oktyabr — o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Bu yil o`z tilimizga davlat tili maqomi berilganiga 30 yil to`ldi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 4 oktyabrdagi “O`zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganining o`ttiz yilligini keng nishonlash to`g`risida”gi qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Respublika bo`ylab davlat tiliga bag`ishlangan o`nlab ma`daniy-ma`rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda.






