1

Arshavin O`zbekiston chempionatida ishtirok etadimi?

Sport 07.01.2015, 17:16
Arshavin O`zbekiston chempionatida ishtirok etadimi?

Rossiya terma jamoasining sobiq sardori va Sankt-Peterburgning “Zenit” jamoasi hujumchisi Andrey Arshavin joriy yilning yoz oylarida O`zbekiston chempionatida o`z faoliyatini davom ettirishi mumkin.

FOOTBALLHD.ru ning taxminlariga ko`ra, Arshavin mo`may daromad ishlash maqsadida jo`nab ketishi aytilmoqda (taxminlar 40 foizni ko`rsatmoqda).

Bu kabi holatlarda ko`plab mashhur futbolchilar shunday yo`l tutayotgani aytilmoqda. Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, O`zbekiston Ozarbayjon davlatlari chempionatlari Andrey Arshavin kabi qobiliyatli futbolchilarni so`zsiz qabul qiladi.

Eslatib o`tamiz, 1999 yilda Toshkentning “Bunyodkor” klubi uchun 1999 yilgi dunyoning eng yaxshi futbolchisi Rivaldo to`p surgan bo`lsa, aynan shu klubda braziliyalik murabbiylar Ziko va Luiz Felili Skolarilar faoliyat yuritishgan.

12news.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1