O`zbekiston RespublikasiOliy sudi rasmiy vakiliAziz Obidovning xabariga ko`ra, 2019 yilning to`qqiz oyi mobaynida iqtisodiy sudlar tomonidan 140 050 ta ish ko`rib chiqilib, hal etildi. Shunda da`vogarlar foydasiga 8,9 trln. so`m undirish haqida sud qarorlari qabul qilingan. Ko`rilgan ishlar soni o`tgan yilning shu davriga nisbatan 56,7 foizga kamaygan.
O`tgan davrda eng ko`p iqtisodiy ishlar Toshkent shahar, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Andijon viloyatlari iqtisodiy sudlari tomonidan ko`rib, hal etilgan.
Taraflarga qulayliklar yaratish hamda sud ta`sirchanligini oshirish maqsadida nizo tartibida ko`rilgan ishlarning salmoqli qismi, ya`ni 89 807 tasi bevosita joylarda, ya`ni sayyor sud majlislarida ko`rib chiqilgan.
Iqtisodiy sudlar tomonidan hal etilgan ishlarning 2 637 tasi videokonferensaloqa rejimida ko`rib chiqilgan bo`lib, natijada taraflarning 1,8 mlrd. so`mdan ziyod mablag`lari tejab qolindi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini huquqiy himoya qilishga oid 22 674 ta iqtisodiy ish ko`rib chiqildi hamda ular foydasiga 970,7 mlrd. so`m miqdorida mablag` undirib berildi.
Hisobot davrida iqtisodiy sudlarda ko`rilgan ishlarning asosiy qismini kontraktasiya, mahsulot etkazib berish, kredit, kommunal va haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolar bo`yicha ishlar tashkil etdi.
Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy ishlar bo`yicha sudlov hay`ati tomonidan nazorat tartibida 500 ta shikoyat va protestlar ko`rib chiqildi. Quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 256 ta qaror bekor qilindi va 92 ta sud qarorlari o`zgartirildi.






