AsosiyJamiyat

FVVga matbuot kotib tayinlandi

'FVVga matbuot kotib tayinlandi'ning rasmi

Katta leytenant Sadikov Murat Ganievich Favqulodda vaziyatlar vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati bo`yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Murat Sadikov 1984 yilda Qozog`iston Respublikasi Jambul viloyatida tug`ilgan. 2005-2009 yillarda O`zbekiston Davlat san`at institutini tamomlagan. 2004 yildan 2019  yilgacha O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining markaziy telekanallarida turli lavozimlarda ishlagan.

Oxirgi ikki yil davomida “O`zbekiston 24” telekanalida teleboshlovchi va siyosiy sharhlovchi sifatida faoliyat olib borgan.

Eslatib o`tamiz, favqulodda vaziyatlar vazirining matbuot kotibi bir vaqtning o`zida vazirlik Matbuot xizmati boshlig`i sanaladi.

    Boshqa yangiliklar