Toshkentning Uchtepa tumanida 15 yoshli o`spirin, qarindoshining mashinasini boshqarib, elektr uzatish liniyasining temir tayanchiga urilgan.
Hodisa 21 oktyabr kuni ertalab soat 5:00 atrofida Toshkent aylanma yo`lida 15 yoshli A. Axliddin «Matiz» rusumli avtomashinasini boshqarayotganda yuz bergan, deb xabar beradi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
Avtomobil uning qarindoshiga tegishli. YTH sababi avtomobil boshqaruvining yo`qotilgani.
Avtomobil haydovchisi engil tan jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.






