AsosiyJamiyat

1 yanvardan “Uzbekistan Airways” tushumlarida muhim o`zgarish

'1 yanvardan “Uzbekistan Airways” tushumlarida muhim o`zgarish'ning rasmi

“Uzbekistan Airways” AJ xorijdagi vakolatxonalarining tushumlari O`zbekiston tijorat banklariga tushadi. Bu haqida “Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonalarining xorijda ochilgan hisob raqamlarining amal qilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori(882-son, 18.10.2019 y.)da belgilab berildi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab “Uzbekistan Airways” AJning xorijdagi vakolatxonalarining barcha tushumlari (ekspluatasiya xarajatlari va vakolatxonalarni saqlash xarajatlaridan tashqari) majburiy tartibda O`zbekiston tijorat banklaridagi hisobraqamlarga tushadi.

Ma`lum qilinishicha, “Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonalarining ekspluatasiya xarajatlari Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi

    Boshqa yangiliklar