Xitoylik tadbirkorlardan biri bir buyurtmachidan 60 ming yuan (9700 AQSh dollari atrofida) qarzdor edi. Tadbirkor o`z qarzini o`zishni niyat qilib yurgandi va buning uddasidan chiqdi ham, deb yozadi xabardor.uz.
Faqat... U qarzlarini 1 yuannlikda to`ladi. Bu shunchalik ko`p pul bo`ldiki uning og`irligi 300 kg. ni tashkil etdi. Bechora haqdor bu pullarni qo`yish uchun juda ko`p banklarning ostonasidan xatlashiga to`g`ri keldi. Ammo bank egalari buncha mablag`ni joylashtirishga joy yo`qligini vaj qilib ko`rsatishib, uni qaytarishdi. Xitoyning bag`ri keng deganlaridek, u pullarni qabul qiluvchi bank topdi. Shunday qilib qarzdor ham, haqdor ham, bank ham xursand bo`ldi.