AsosiyDunyo

Pensilvaniiyada bo`ron sabab 18 mashina urilib ketdi

18 ta avtomobil urilishi natijasida yuzaga kelgan falokat sabab uch kishi halok bo`ldi va yana o`nlab kishi jarohat oldi, deya xabar qiladi Associated Press.

Falokat Klerion hududidagi aholi yashash punktining 80 shossesida mahalliy vaqt bilan soat 13:40da sodir bo`ldi. Trassada yo`lni ko`rmaslik oqibatida to`qqizta yuk mashinasi va yana shuncha engil mashina bir-biriga urilib ketgan.

Ikki kishi voqea joyida halok bo`lgan bo`lsa, yana biri kasalxonada olamdan ko`z yumdi. 20ga yaqin odam turli darajadagi jarohat oldi. Ulardan uch nafarining ahvoli og`ir deya baholanmoqda.

    Boshqa yangiliklar