AsosiyDunyo

Texas kuchli tornado ostida qoldi

'Texas kuchli tornado ostida qoldi'ning rasmi

AQShning Texas shtatida o`n kishi jarohatlanib, o`n minglab aholi elektrsiz qolgan. Shamolning kuchli oqimi mashinalarni ag`darib, daraxtlarni yulib tashlagan hamda turar-joy binolarini vayron qilgan.

Tabiiy ofat hududida zudlik bilan evakuasiya ishlari amalga oshirilgan va maktablar yopilgan. Polisiya komendantlik soati e`lon qilgan, deb xabar beradi «Rossiya 24» telekanali. 

Meteorologik xizmatlarning ma`lumotlariga ko`ra, shtatning shimoli-sharqi hali ham xavf ostida qolmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar