AsosiyJamiyat

Saylov-2019: saylov byulleteni tasdiqlanadi

'Saylov-2019: saylov byulleteni tasdiqlanadi'ning rasmi

Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, mahalliy Kengashlar sayloviga doir saylov byulleteni shakli va matni esa viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan tasdiqlanadi.

Nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi saylov byulleteniga uning tug`ilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashg`ulotining turi), ish joyi va uni nomzod etib ko`rsatgan siyosiy partiya ko`rsatilgan holda alifbo tartibida kiritiladi.

Saylov byulletenida uni to`ldirish tartibi to`g`risidagi tushuntirish bo`lishi kerak.

Saylov byulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan tegishli okrug aholisining ko`pchiligi so`zlashadigan tillarda nashr etiladi.

Saylov byulletenlari Brayl alifbosi asosida tayyorlanishi mumkin

    Boshqa yangiliklar