O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligining xulosasiga binoan ushbu lavozimga Mametova Mehribon tayinlandi.
Hozirda Mehribon Mametova “Facebook” ijtimoiy tarmog`idagi "Gaz ta`minoti muammolari va ularni hal qilish yo`llari" ochiq guruhining administratori ham hisoblanadi. "Hududgazta`minot" AJning matbuot kotibi, boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi bilan 71 281-15-68 yoki 71 281-15-67 (ichki 232) raqamiga qo`ng`iroq qilib bog`lanish mumkin.






