1

Teleshouda avtomobil yutgan fuqaro mukofotni ololmay sarson bo`ldi

Jamiyat 22.10.2019, 15:38
Teleshouda avtomobil yutgan fuqaro mukofotni ololmay sarson bo`ldi

“Kafil shou” o`ynab, “Tracker” avtomashinasini yutib olgan fuqaro yutug`ini ololmagach, Prezident portaliga murojaat qilishga majbur bo`ldi.

Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasining ma`lumotlariga ko`ra, yutuqli o`yinlarda ishtirok etib, mukofotini ololmagan fuqaroga yutug`i olib berilgan. 

Fuqaro Sh Abrorov Joriy yilning 23 iyul sanasida “Mahalla” telekanalida sug`urta kompaniyasining “Kafil shou” ko`rsatuvida ishtirok etib, “Tracker” avtomashinasini yutib olsa-da, kompaniya mukofotni berishda shoshilmayotganidan norozi bo`lgan. 

photo5291893372669242437.jpg


Fuqaroning norozilik murojaati O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ishonch telefoni orqali Iste`molchilar huquqini himoya qilish federasiyasiga yo`naltirilgan. 

Federasiya murojaatni “Kafil sug`urta” kompaniyasiga borib o`rgangan hamda fuqaroga “Tracker” avtomashinasi tez orada olib berilgan. Federasiya vakillari ana shunday holatlarda fuqarolarga o`z huquqlarini himoya qilishga chorlamoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1