Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tumani bo`limi tomonidan “E-P” MChJ faoliyati yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruvda, jamiyatning mansabdor shaxslari Mirobod “Maxsustrans” korxonasi mansabdor shaxslari va boshqalar bilan o`zaro til biriktirib, jamiyatga kirim bo`lgan polimer truba va boshqa mahsulotlarni go`yoki yaroqsiz holatga kelganligi sababli Mirobod “Maxsustrans” korxonasiga topshirilganligi haqida soxta shartnoma, solishtirma dalolatnoma va boshqa hujjatlarni tuzishib, aslida ushbu korxonaga topshirilmagan jami 7,013 mlrd. so`mlik mahsulotlarni naqd pulga sotishib, savdo tushumini bankka kirim qilmasdan, byudjetga to`lanishi lozim bo`lgan 350,6 mln. so`m yagona soliq to`lovlarini to`lashdan bo`yin tovlaganliklari aniqlangan.
Vaholanki, korxona mansabdor shaxslariga, bir oy muddat ichida yagona soliq to`lovlarini byudjetga to`lashi lozimligi tushuntirilib, 23.07.2019 yilda rasman ogohlantirilgan.
Mazkur holat yuzasidan “E-P” MChJ mansabdor shaxslariga, Mirobod maxsustrans korxonasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






