O`zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasida Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) mutaxassislarining "ShAShT haqida umumi ma`lumot" mavzusidagi o`quv-mashg`ulotlari o`tkazildi.
Delegasiyarahbari Patrik Jenssonhamda NATO vakillariKartsen Klemm, Rebekka Xansen, Endryu Karter O`zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasida tahsil olayotgan mas`ul ofiserlar bilan fikr almashuvlar chog`ida Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkilotining tarixi, maqsad-vazifalari, jahon miqyosida erishgan muhim natijalari, siyosiy pozisiyasi hamda istiqboldagi sa`y-harakat platformasi ko`lami xususida ma`lumotlar berishdi.
Shuningdek, bugungi geosiyosiy vaziyatlarning qiyosiy tahlillari, dunyoning turli mintaqalarida kechayotgan qurolli to`qnashuvlar, ularning kelib chiqish sabablari va bu borada NATOning olib borayotgan tinchlikparvarlik siyosati xususida kechgan mulohazalar ham diqqatga sazovor bo`ldi.
Ushbu o`quv-mashg`ulot davomida O`zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasida tahsil olayotgan ofiserlar kelgusi xizmatlari mobaynida ushbu dolzarb bilimlarga tayangan holda qo`l ostidagi shaxsiy tarkibni har tomonlama odil, siyosiy hushyor holatda boshqarish ko`nikmasining oshishiga xizmat qilishi ko`zda tutilgan.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti






