Joriy yilning 21 oktyabr kuni soat taxminan 09:47 da "G`allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasi"ga qarashli 1984 yilda ishga tushirilgan yuqori bosimli diametri 1020 mm bo`lgan «Paxtakor-Yangier» magistral gaz quvuri I tarmog`ining 17 km.da yong`insiz holatda quvur yorilishi sodir bo`ldi. Hozirda avariyani bartaraf etish va magistral gaz quvurni ishga tushirish choralari ko`rilmoqda.
"O`ztransgaz"AJ matbuot xizmatining xabaricha, iste`molchilarga tabiiy gaz etkazib berishda uzilishlar bo`lmaydi.






