AsosiyJamiyat

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazuvchi saylov okruglarini tuzish to`g`risida

O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarori
“O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 9, 14-moddalariga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazuvchi quyidagi saylov okruglari tuzilsin:
1-Qoraqalpog`iston saylov okrugi
Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Qoraqalpog`iston Respublikasi Moliya vazirligi binosi, Nukus shahri, U.Tatiboev ko`chasi, 19-uy. Saylovchilar soni – 1159795 kishi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi chegarasi doirasida.
2-Andijon saylov okrugi
Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi binosi, Andijon shahri, Alisher Navoiy ko`chasi, 32-uy. Saylovchilar soni – 1923333 kishi.
Andijon viloyati chegarasi doirasida.
3-Buxoro saylov okrugi
Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi binosi, Buxoro shahri, Alisher Navoiy shoh ko`chasi, 3-uy. Saylovchilar soni – 1229045 kishi.
Buxoro viloyati chegarasi doirasida.
4-Jizzax saylov okrugi
Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Respublika Ma`naviyat targ`ibot markazi viloyat bo`limi binosi, Jizzax shahri, Sharof Rashidov shoh ko`chasi, 70-uy. Saylovchilar soni – 813965 kishi.
Jizzax viloyati chegarasi doirasida.
5-Navoiy saylov okrugi
Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – “Farhod” madaniyat saroyi binosi, Navoiy shahri, Xalqlar do`stligi shoh ko`chasi, 67-uy. Saylovchilar soni – 628592 kishi.
Navoiy viloyati chegarasi doirasida.
6-Namangan saylov okrugi
Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Yoshlar markazi binosi, Namangan shahri, Alisher Navoiy ko`chasi, 15-uy. Saylovchilar soni – 1713268 kishi.
Namangan viloyati chegarasi doirasida.
7-Samarqand saylov okrugi
Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Samarqand davlat universiteti qoshidagi 2-akademik lisey binosi, Samarqand shahri, Rudakiy ko`chasi, 237-uy. Saylovchilar soni – 2294602 kishi.
Samarqand viloyati chegarasi doirasida.
8-Sirdaryo saylov okrugi
Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi binosi, Guliston shahri, Mustaqillik ko`chasi, 66-uy. Saylovchilar soni – 513100 kishi.
Sirdaryo viloyati chegarasi doirasida.
9-Surxondaryo saylov okrugi
Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – 1-bolalar musiqa va san`at maktabi binosi, Termiz shahri, Alisher Navoiy ko`chasi, 12-“V” uy. Saylovchilar soni – 1515308 kishi.
Surxondaryo viloyati chegarasi doirasida.
10-Toshkent viloyati saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – viloyat moliya boshqarmasi binosi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko`chasi, 17-uy. Saylovchilar soni – 1905858 kishi.
Toshkent viloyati chegarasi doirasida.
11-Farg`ona saylov okrugi
Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – O`zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Farg`ona viloyati kengashi binosi, Farg`ona shahri, Sayilgoh ko`chasi, 27-uy. Saylovchilar soni – 2342899 kishi.
Farg`ona viloyati chegarasi doirasida.
12-Xorazm saylov okrugi
Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – “Barkamol avlod” bolalar markazi binosi, Urganch shahri, G`afur G`ulom ko`chasi, 1-uy. Saylovchilar soni – 1127706 kishi.
Xorazm viloyati chegarasi doirasida.
13-Qashqadaryo saylov okrugi
Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – “O`zgeoburg`uneftgaz” aksiyadorlik kompaniyasi binosi, Qarshi shahri, Mustaqillik ko`chasi, 35-uy. Saylovchilar soni – 1903740 kishi.
Qashqadaryo viloyati chegarasi doirasida.
14-Toshkent shahar saylov okrugi
Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Toshkent shahar hokimligi ma`muriy binolardan foydalanish departamentiga qarashli bino, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko`chasi, 14-uy. Saylovchilar soni – 1726841 kishi.
Toshkent shahri chegarasi doirasida.
2. Mazkur qaror matbuotda e`lon qilinsin.
Markaziy saylov komissiyasi Raisi M.Abdusalomov
Toshkent shahri, 2015 yil 7 yanvar

    Boshqa yangiliklar