2019 yil 9 oktyabr kuni “Yoshlar” telekanali orqali namoyish etilgan fuqaro M.Murodovning Samarqand shahridagi 58-umumta`lim maktabiga ishga joylashish to`g`risidagi murojaati yuzasidan Samarqand shahar xalq ta`limi bo`limi axborot berdi.
“Yoshlar” telekanali orqali namoyish etilgan lavhadagi holatlarni o`rganish maqsadida Samarqand shahar xalq ta`limi bo`limi mutaxassislari tomonidan ishchi guruhi tuzilib, mazkur maktabda o`rganish ishlari olib borildi.
Maktab direktori B.Boyqobilova tomonidan e`tiborsizlikka yo`l qo`yilib, 2019-2020 o`quv yilidan rus tili va adabiyoti fani o`qituvchisi U.Gadoevaning ishga chiqish sanasi 2019 yil 4 sentyabr o`rniga 3 sentyabr deb yozilganligi aniqlandi.
Mazkur holat bo`yicha ishchi guruh a`zolari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilib, maktab direktori B.Boyqobilova kelgusida bu kabi xato-kamchiliklarga yo`l qo`ymasligi, har doim o`z vazifasiga mas`uliyat bilan yondashishi lozimligi to`g`risida ogohlantirildi.
O`rganish natijasiga ko`ra, fuqaro Ma`mur Murodov 2019 yil 16 oktyabrdan 58-umumta`lim maktabiga boshlang`ich sinflarda jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi vazifasiga ishga qabul qilindi.
Mazkur holat yuzasidan xato-kamchiliklarga yo`l qo`yganligi uchun maktab direktori B.Boyqobilovaga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddasiga asosan intizomiy jazo chorasi qo`llanildi.






