AsosiyJamiyat

Urganch va Xonqa tumanlarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatilishi mumkin

'Urganch va Xonqa tumanlarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatilishi mumkin'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019/2020 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori Xorazm viloyatidakuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. 

Bu borada “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ ham kuz-qish davrida aholi va ijtimoiy soha ob`ektlariga elektr energiyasini bir me`yorda etkazib berilishini ta`minlash maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. 

2019-2020 yillar kuz-qish davrida elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarini mukammal va joriy ta`mirlash bo`yicha viloyatimizning tuman va shaharlar negizida reja jadvallari ishlab chiqilgan. 

Bunday ta`mirlash jarayonlarida hududlarda elektr energiyasida uzulish holatlari kuzatilishi mumn. 

“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ sizga qulaylik yaratish maqsadida bunday rejali ta`mirlash jarayonlari haqida oldindan xabardor qilib boradi. 

2019 yil 23 oktyabr kuniUrganch tumani  “Bahshilar”, “Orzu”, “Qipchoq”, “Hidoyat”, “Gulobod”, “Qumravot” mahallalari,Xonqa tumani “Zinaxos” mahallalarida 10:00 dan 18:00 gacha elektr energiyasida uzulishlar kuzatilishi mumkin.

“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ keltirilgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so`ragan.

 

    Boshqa yangiliklar