AsosiyJamiyat

Karimov Fondi xorijda tahsil olish uchun grante`lon qildi

'Karimov Fondi xorijda tahsil olish uchun grante`lon qildi'ning rasmi

Karimov Fondi xorijda tahsil olish uchun IV ta`lim grantlar tanlovini e`lon qildi.

Fondning yangi ta`lim grantlari quyidagi mutaxassisliklar bo`yicha Evropaning oliy ta`lim muassasalarida magistratura bosqichida tahsil olish imkonini beradi:

👉 Qayta tiklanuvchan energiya manbalari;

👉 Kimyo va kimyo texnologiyasi;

👉 Suv va er resurslarini boshqarish;

👉 Mashinasozlik texnologiyalari;

👉 Arxitektura. Bino va inshoatlar qurish;

👉 Avtomobil yo`llari, ko`priklar, tonnellar, yo`l o`tkazgichlar va aerodromlarni loyihalash va qurish;

👉 Tekstil sanoati texnologiyalari va uskunalari;

👉 Turizm xizmatlarini tashkil etish va boshqarish;

👉 Axborot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar.

Tanlovda ingliz, nemis yoki fransuz tillarini a`lo darajada bilgan, O`zbekiston yoki chet el oliy ta`lim muassasasini bitirgan yoki uning so`nggi kursida tahsil olayotgan, yoshi 35dan oshmagan O`zbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin. 

Grant sovrindorlarining chet elda tahsil olish va yashash xarajatlari (2 yilgacha) Fond tomonidan moliyalashtiriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar quyidagi manzilda onlayn qabul qilinadi:

https://goo.gl/forms/vNSA6KLY2JDOA86h1

Hujjatlar topshirish muddati:  2019 yil 15 oktyabrdan 10 noyabrgacha.

Batafsil ma`lumotlarni mazkur sayt orqali bilishingiz mumkin: http://cc.uz/163rg

    Boshqa yangiliklar