Saylovlar jarayonini yoritishda ommaviy axborot vositalarining roli katta. Ular saylovchilarni saylov jarayonlarining borishidan xabardor etish, saylovoldi tashviqotini olib borish, nomzodlarni tashviq qilishda muhim vosita bo`lib xizmat qiladi.
Bu borada OAV bilan aloqalarini ta`minlash, mustahkamlash va rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ayni shu maqsadda MSK Matbuot xizmatiga Rizaev Navro`z Ibodullaevich rahbar etib tayinlandi.
Navro`z Rizaev 1969 yilda tug`ilgan, oliy ma`lumotli- Tbilisi davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – filolog, rus va gruzin tili o`qituvchisi. 2017 yildan O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston 24” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi “Oʻzbekiston 24” telekanali “Tahlilnoma” axborot-tahliliy dasturlar bo`limining katta muharriri lavozimlarida ishlab kelmoqda.