Qozog`istonda qozoq tilida faoliyat ko`rsatuvchi «IOA» islom onlayn-akademiyasi ish boshladi, deya xabar bermoqda "Azon" nashri.
Akademiyada «Nur Muborak» islom universiteti ustozlari dars o`tadi. 120 videodarsdan keyin kursni tugatganlik haqida sertifikat beriladi. Eng yaxshi talabaga esa umra safariga borish imkoniyati taqdim etiladi.
Onlayn-akademiyada o`qish bir yil davom etib, olti oylik ikki moduldan iborat bo`ladi. Birinchi modul tugagach, talaba imtihon topshiradi va istagiga ko`ra ikkinchi modulni davom ettiradi.
Birinchi modulda hadis, aqida, fiqh, usul fiqh, islom psixologiyasi darslari, ikkinchi modulda imom Moturidiy aqidasi, terrologiya va konfliktologiya, hadis, islom iqtisodiyoti darslari o`tiladi. O`qish – pullik.