1

Xoreografiya oliy maktabi magistranti Xalqaro tanlovda g`olib bo`ldi

Madaniyat 24.10.2019, 09:45
Xoreografiya oliy maktabi magistranti Xalqaro tanlovda g`olib bo`ldi

Joriy yilning 15-18 oktyabr kunlari Rossiya Federasiyasi Checheniston Respublikasining Grozniy shahrida “Mahmud Esambaev” nomidagi Xalqaro festival va raqs musobaqasi bo`lib o`tdi.

Unda Rossiya Federasiyasining 22 viloyati va dunyoning 10 ta mamlakatidan, xususan-Bolgariya, Misr, Serbiya, Belorussiya, Gruziya, Ukraina, Janubiy Osetiya, Qozog`iston, Tojikiston hamda O`zbekiston mamlakatlaridan iqtidorli yoshlar qatnashishdi.

Tanlov ishtirokchilari-badiiy va sahna ko`rinishlari, texnik mahorati, musiqiy dizayni, sahna libosi va ijrosining o`ziga xosligi bo`yicha baholandi.

Mazkur tanlovda O`zbekiston Respublikasidan Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi 1-kurs magistranti “O`zbekiston” ashula va raqs ansamblining raqqosasi, “Nihol-2015” davlat mukofoti sohibasi Sehriyo Mirzaeva “Yakkaxon raqs” nominasiyasi bo`yicha qatnashib, faxrli 3-o`rinni qo`lga kiritdi, deya xabar beradi TDMRXOM matbuot xizmati kotibi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1