AQShning The New York Times gazetasi Qirg`iziston va O`zbekiston nomlarini chalkashtirib yubordi va o`z sahifalarida mavjud bo`lmagan mamlakat — Qirzbekistonni tilga oldi, deb yozadi uz24.uz nashri.
Gazeta xato o`tkazib yuborgan maqola Qirg`izistondagi Putin tog`iga chiqqan ikki qoyachiga bag`ishlangan edi. Nashrning xatosi shu zahoti mushtariylar e`tiboriga tushdi, ular Tvitterda #Kyrzbekistan heshtegi bilan ommaviy aksiya uyushtirdi. Ularning ko`pchiligi ushbu yangi mamlakatga borib dam olib kelishni istashi haqida yozdi.
Keyinroq gazeta tuzatma haqida e`lon chiqardi, unda maqolada xatoga yo`l qo`yilgani, mamlakat aslida mavjud bo`lmagan «Qirzbekiston» emas, «Qirg`iziston» deb atalishi ma`lum qilindi.