AQShda 1793 yili ishlab chiqarilgan bir sent qiymatiga ega tanga Florida shtatining Orlando shahrida o`tkazilgan kimoshdi savdosida 2.35 million dollarga sotildi, deb xabar qilmoqda Associated Press.
Tanga “zanjir sent” nomi bilan ishlab chiqarilgan bo`lib, unga ilk 13 kolonani aks ettiruvchi 13 ta bir-biriga bog`langan xalqalar rasmi tushirilgan.
Heritage Auctions kimoshdi sadovsi uyi prezidenti Greg Rouxan, tanga juda qadimiy va kamyob ekanligini, sentning ko`rinishi shundan so`ng o`zgartirilganligini, chunki tangani tayyorlashda xatolikka yo`l qo`yilib, qullikni aks ettirganligini ta`kidladi.