AsosiyMadaniyat

Milliy kino fondi veb-sayti va milliy filmlar veb-portali yaratiladi

'Milliy kino fondi veb-sayti va milliy filmlar veb-portali yaratiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Internet jahon axborot tarmog`ida milliy kontentni rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi qarori chiqarildi.  

Qarorga ko`ra, milliy veb-resurslar soni o`sishi, shuningdek, ularni Internet jahon axborot tarmog`ida ilgari surish va ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish ko`zda tutilgan.  

Ushbu qarorda "O`zbekkino" Milliy agentligiga ham bir qator vazifalar topshirilgan:

•   O`zbekiston Milliy kino fondi veb-saytini yaratish;

•   Milliy filmlar veb-portalini yaratish va uni Internet jahon axborot tarmog`ida ommalashtirish.

Qarorda O`zbekiston Milliy kino fondi veb-sayti hamda milliy filmlar veb-portalini yaratish va uni Internet jahon axborot tarmog`ida ommalashtirish vazifasi 2020 yilning 1 iyuliga qadar amalga oshirilishi belgilangan.

Boshqa yangiliklar