AsosiyMadaniyat

Telekanallarda nega milliy multfilmlar namoyish etilmayapti?

'Telekanallarda nega milliy multfilmlar namoyish etilmayapti?'ning rasmi

28 oktyabr -  Xalqaro animasiya kuni". Ayni paytda "O`zbekkino" Milliy agentligi tomonidan milliy multiplikasiyani rivojlantirish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

2019 yilning o`tgan davri mobaynida  “O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidan  6 ta multfilm yaratish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. Ayni paytda 3 ta syujetdan ("Sovg`a", "Kamalak", "Aypad") iborat "Charxpalak" animasion filmi tayyor bo`ldi. Shuningdek, "Qo`zichoq, nay va qaroqchi bo`rilar", "Sehrli tanbur", "Par yostiq", "Zag`cha", "Qaldirg`och bilan mayna", "Samarqand noni" kabi animasion filmlar ishlanmoqda. 

Milliy multfilmlarning televideniyada namoyishi bo`yicha ham amaliy ishlar olib borilmoqda. Milliy multfilmlarni davlat telekanallarida ko`proq namoyish etish yosh avlod onggida milliy o`zlik tushunchasini paydo qiladi va tariximizga bo`lgan qiziqishni oshiradi.  

2017 yil 28 dekabrda O`zbekiston Vazirlar Mahkamasining “O`zbekkino” Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qaroriga asosan “Multiplikasion filmlar studiyasi” DUK tashkil etilgan va multfilmlar ishlab chiqarish sezilarli tarzda oshdi. “O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan 2018 yili davlat buyurtmasi asosida 7 ta multiplikasion film hamda “Zumrasha” bolalar yumoristik kinojurnalining 3 ta to`plami  ishlab chiqarish jarayoniga tushirildi va yil oxiriga qadar “G`ildirakli uy”, “Uzviylik”, “Dovyurak oshpaz”, “Avto sarguzashtlar” (“Matizning sarguzashtlari”) nomli 4 ta (6 qismli) multiplikasion film va “Zumrasha” bolalar yumoristik kinojurnalining 2 ta to`plami tasvirga olindi.  

Diqqat! 

"28 oktyabr -  Xalqaro animasiya kuni" munosabati bilan 26-27 oktyabr kunlari hududlarda va Toshkent shahrining barcha kinoteatrlarida  milliy  multfilmlar namoyishi tashkil etiladi. 28 oktyabr kuni, soat 10:00da “O`zbekistonda animasiyaning rivojlanishiga to`siq bo`layotgan omillar va ularning echimlari” mavzusida konferensiya bo`lib o`tadi. Mazkur konferensiyada milliy multiplikasiyani rivojlantirish va milliy multimahsulotlarning televideniyada namoyishini ko`paytirish masalalari muhokama qilinadi.

    Boshqa yangiliklar