AsosiyDunyo

AQShning Michigan shtatida yo`l muzlashi oqibatida 150 avtomobil to`qnashib ketdi

9 yanvar kuni AQShning janubi-g`arbiy qismida joylashgan Michigan shtatida yo`l muzlashi oqibatida 150 avtomobil ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Mahalliy hokimiyat vakillarining xabar berishlaricha, YTH oqibatida bir nafar kishi xalok bo`lgan va yana bir necha kishi jiddiy jarohatlar olgan, deya xabar qilmoqda kun.uz.

Geylsberg shaharchasi yaqinidan o`tuvchi yirik shosseda sodir bo`lgan bu YTHga yomon ob-havo sharoitlari sabab bo`lgan. Yo`lning muzlashi, qor yog`ishi va yo`lning yomon ko`rinishi tufayli mashinalar ketma-ket bir-birlari bilan to`qnashib ketgan. Bir nechta avtomobil, shu jumladan portlovchi materiallar va feyerverklar olib ketayotgan ikkita yuk mashinasi yonib ketgan.

To`qnashuv joyiga o`t o`chiruvchilar va tibbiyot xodimlarining ko`p sonli bo`linmalari etib kelgan. Trassada yo`l harakati bir necha soatga yopib qo`yilgan. Polisiya transport uchun aylanib o`tish yo`nalishlarini tashkillashtirgan. Hozirgi paytda YTHning oqibatlari bartaraf etilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar