AsosiyDunyo

Ko`rgazmada 1,8 million AQSh dollarlik brilliant o`g`irlandi

'Ko`rgazmada 1,8 million AQSh dollarlik brilliant o`g`irlandi'ning rasmi

Yaponiyaning Iokagama shahrida o`tkazilgan qimmatbaho buyumlar ko`rgazmasida 50 karatli, 200 million ien, ya`ni 1,8 million AQSh dollarlik brilliant o`g`irlangan.

“TASS“ga tayanib berilgan xabarga ko`ra, ko`rgazma yakuniga etgach, qorovul eshikni yopishdan oldin ko`rgazma peshtaxtalaridan biridagi qimmatbaho tosh joyida yo`qligini ko`rgan.

Polisiya o`g`rilar kuzatuv kamerasiga tushmagani va ular noma`lumligini aytgan.

Gumon va taxminlar o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar